XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO’LIDA

Kuni kecha Andijon davlat chet tillar institutida Roman-german va slavyan tillari fakulteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri O.A’zamov tashabbusi bilan Nemis tili yoʻnalishi bitiruvchi talabalarini ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ushbu suhbat davomida Gyote instituti vakili, Toshkent IT-Park, Germaniya bilan hamkorlik loyihasi koordinatori Sh.Soliyevich, Toshkent IT-Park Nemiszabon mamlakatlar uchun regional menejeri A.Dilshodovich hamda Toshkent IT-Park mutaxassisi A.Islomovichlar talabalarni «Oʻzbekiston – Germaniya» hamkorligi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdilar.

Shuningdek, bitiruvchilarni onlayn va oflayn ishga joylashtirish borasida oʻz hamkorlik dasturlarini taqdim etdilar.

Leave a Reply

Skip to content