INSTITUTDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» DAVOM ETMOQDA

Bugun – 12.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Oltinko’l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 40-umumta’lim maktabi o’quvchilari tashrif buyurdilar.

Ularni institutning Roman-german va slavyan tillari fakulteti Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdilar.

Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiyaga yoʻl oldilar.  Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda o’tgan yili qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi oʻquv binosi bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.

Leave a Reply

Skip to content