
Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni keng yo’lga qo’yish, o’zaro malaka va tajriba almashish, akademik mobillik, qo’shma konferensiyalar tashkil qilish masalalari tizimli olib borilmoqda.
Jumladan, bugun – 03.04.2025-yil kuni 11 nafar professor-o’qituvchilardan iborat delegatsiya qo’shni Tojikiston Respublikasiga xizmat safariga kuzatildi.
Ushbu kuzatuv marosimini ochib bergan institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov xizmat safaridan ko’zlangan maqsad, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun amalga oshiriladigan ishlar xususida fikrlar bildirib o’tdi.
Shundan so’ng so’z olgan institut O’quv ishlari bo’yicha prorektori E.E.Kurbanov safar davomida professor-o’qituvchilar o’rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o’zaro hammualliflikda o’quv qo’llanma, monografiya, darsliklar ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratishga chorladi.
Marosim davomida boshqa mas’ullar ham o’z yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda ko’rsatma va tavsiyalar berib kuzatib qo’ydilar.