
Bugun – 02.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida “Andijon viloyatida tarjimonlar tayyorlash va chet tillari oʻqitishning ilgʻor metodlarini rivojlantirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyani institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov ochib berdi va o’z ma’ruzasini tinglovchilar hukmiga havola qildi.
Shundan so’ng konferensiya ishtirokchilari ham o’z navbati bilan taqdimotlar orqali ma’ruza qildilar.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – zamonaviy ta’lim jarayonida chet tillarni o‘qitishning samaradorligini oshirish, tarjimonlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ilg‘or metodikalarni amaliyotga joriy etishdan iborat. Bundan tashqari, tilshunoslik va tarjima jarayonida duch kelinayotgan dolzarb muammolar, ularning yechimlari haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasida o‘zaro fikr-mulohazalar bildirdilar.