
Andijon davlat chet tillari institutiga qabul jarayonlarida joriy yildan e’tiboran chet tilidan imtihonlar bo’lmasligi, faqatgina milliy va xalqaro sertifikatlar bilangina qabul qilinishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Institut rahbariyati buni inobatga olgan holda vodiydagi yoshlar – maktab o’quvchilari, bitiruvchilar, abituriyentlar – uchun barcha sharoit va qulayliklarga ega holda bepul «Mock test sinovlari»ni tashkil qildi.
Bugun – 28.03.2025-yil kuni o’tkazilgan bunday sinovlarda yuz nafarga yaqin xohlovchilar ishtirok etdilar. Ushbu sinovlarda ishtirok etishning afzalliklaridan biri shundaki, mutaxassislar tomonidan har bir yoshning natijalari ko’zdan kechirilib, xato-kamchiliklari va yutuqlari to’liq tahlil qilib beriladi.