BITIRUVCHI TALABALAR UCHUN YANGI IMKONIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori ijrosi yuzasidan 27-mart kuni Andijon davlat chet tillari institutida bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta’minlash maqsadida Hamkrobank ATB banki o’z ish o’rinlari taqdimotini o’tkazdi. 

Taqdimot bitiruvchi bosqich talabalarining bank sohasida kelgusida ish o’rnini egallashlari, o’z karyerasiga ega bo’lishlari hamda yaxshigina daromad olishlari haqida o’tkazildi.

Uchrashuvda Institutning talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i X.Xakimov, Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari B.Saidov, Hamkorbank ATB Xodimlar bilan ishlash departamenti Tanlov bo’lim boshlig’i M.Xodjayeva va mutaxassisi A.Imomkulov hamda bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi

Ishga joylashish tanlov asosida 1-10 aprel kunlari bo’lib o’tadi.

Hamkorbank bosh ofisida ishlash istagini bildirgan talabalar institutning «Talabalar amaliyoti bo’limi»ga uchrashi mumkin.

Leave a Reply

Skip to content