
Xabaringiz bor, o’tgan hafta davomida Fransiya poytaxti Parij shahrida «Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi» mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi va unda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida ishtirok etib qaytdi.
Bugun – 17.03.2025-yil kuni Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirokida badiiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga iliq kayfiyat ulashdi. Tadbirda so’z olgan rektor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov Fransiya safari taassurotlari bilan o’rtoqlashar ekan, u yerda institut, xususan, unda fransuz tilining o’qitilishining rivoji bo’yicha qator shartnomalar imzolanganini ta’kidlab o’tdi.