TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI BO’LIB O’TDI

Bugun – 14.03.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish  (FXDYO) bo’limi mudiri ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Jalaquduq tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limi mudirasi S.Usmonova institutga tashrif buyurib, talabalar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida FXDYO tizimi faoliyati, nikoh, tug’ilish, o’lim hamda boshqa fuqorolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari haqida talabalarimizga batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, yoshlar orasida oilaviy mustahkamlikni ta’minlash va nikohning ahamiyati borasida fikr almashildi.

Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi va kerakli javoblarni oldilar.

Text box item sample content

Leave a Reply

Skip to content