
Ayol – mehr va muhabbat timsoli, hayotning chiroyi, jamiyatning tayanchi. U farzandlarning tarbiyachisi, farzandlarning millatning kelajagini shakllantiruvchi muqaddas zotdir. Shu bois, ayollarga bo‘lgan ehtirom har bir jamiyatning madaniyati va ma’naviy yetukligining yorqin ifodasi sanaladi.
Bugun – 06.03.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan fakultet tyutorlari N.Yusupova hamda D.Hakimovlar tomonidan «Hayotimiz guli, oftobi – Ayol!» nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni fakultet dekani K.Karimov ochib berib, jamiyatimizda ayollarning tutgan o‘rni, ularning fidokorona mehnati, oiladagi va jamiyatdagi bebaho hissasi haqida gapirib o’tdi va institutimiz xotin-qizlariga kelayotgan bayram bilan samimiy tabrik yoʻlladi.
Shundan so’ng esa talaba-yoshlar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.