
Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida Andijon davlat universiteti Texnologiyalar va kompyuter injeneringi fakultetidan bir guruh talabalar 03.02.2025-yil kunidan 01.03.2025-yil kuniga qadar amaliyot o’tadilar
Kuni kecha ushbu amaliyotchi talabalar bilan amaliyot davri yakuniga bag’ishlangan yig’ilish tashkil qilindi.
Ushbu yig’ilishni Andijon davlat chet tillari instituti O’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari D.Umnov olib bordi. Bundan tashqari talabalarga mas’ul sifatida biriktirilgan mutaxassis B.Ro’zimov ham ishtirok etdi.