TALABALAR BILAN PSIXOLOGIK TRENING O’TKAZILDI

Kuni kecha Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun stressni oldini olish hamda «Sogʻlom hayotga sogʻlom nigoh bilan qarash» toʻgʻrisida psixologik amaliy trening oʻtkazildi.

Treningni institut amaliyotchi-psixologi M.Yusupova hamda Psixologik trening va kansalting markazi psixologi A.Murxashevlar 1, 2- sonli Talabalar turar joyida olib bordilar.

Trening davomida talabalar stress bilan kurashishning samarali usullari va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Mutaxassis psixologlar tomonidan olib borilgan ushbu tadbir yoshlarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, ularning o‘zini anglash va ichki muvozanatni saqlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Leave a Reply

Skip to content