
Andijon davlat chet tillari institutida bitiruvchi bosqich talabalarining institutni bitirganidan keyingi faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yilishi bo’yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, joriy hafta davomida institut Oʻquv-uslubiy boshqarma boshlig’i S.Toshtonov, boshqarma boshlig’i o’rinbosari D.Umnov, Talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i X.Xakimov, fakultet rahbariyati va barcha fakultetlardagi bitiruvchi bosqich guruhlari sardorlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilindi.
Ushbu uchrashuvlar davomida bitiruvchi talabalarning ishga joylashishi, chet tili sertifikatlarini qo’lga kiritishi, turli tadbirkorlik bilan shug’ullanishga qiziquvchilar uchun ushbu yo’nalishda ko’maklashish yuzasidan maqsadli va samarali ishlar olib borish ko’rib chiqildi.