DIQQAT TANLOV!

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi talaba yoshlar orasida aholining ijtimoiy himoyasi va turmush tarzini yaxshilashda faolligini oshirish maqsadida 2024-2025-oʼquv yili bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va magistraturaning birinchi kurs talabalari oʼrtasida «IJTIMOIY TARAQQIYOT UCHUN» tadqiqot ishlari tanlovi oʼtkaziladi.
Tanlov 2xil turdagi tadqiqot ishlari oʼrtasida oʼtkaziladi:

1.Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishi
2.Magistratura bosqichida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalarining magistrlik dissertatsiyasi

Tanlovda ishtirok etish uchun tadqiqot mavzusi quyidagi yoʼnalishlarda boʼlishi shart:
-Ijtimoiy himoya siyosati;
-Kambagʼallikni baholash va qisqartirish;
-Nogironligi boʼlgan shaxslarning ijtimoiylashuvi;
-Faol va sogʼlom keksayish;
-Parvarishlash iqtisodiyoti;
-Ayollar va bolalarga nisbatan zoʼravonlik;
-Ota-onalar qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalar ijtimoiy himoyasi;
-Migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish;
-Ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti;
-Adolatli oʼtish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish;
-Rasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilish;
-Ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish

Tayyorlangan tadqiqot ishlari @Zahro_6959 ga joʼnatiladi.

Batafsil maʼlumotlar bilan tanlov Nizomi (https://t.me/ADCHTI_nizomlar/32) orqali tanishing.

Leave a Reply

Skip to content