
Andijon yoshlar Texnoparkida »InnoX» biznes-inkubator va akselerator dasturining yangi mavsumiga start berildi.
Bugun – 24.02.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari institutida iqtidorli talabalarni shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida seminar oʻtkazildi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi tomonidan oʼz gʼoya va takliflari asosida ilmiy, ijtimoiy va startap loyihalarni shakllantirish maqsadida seminar va taqdimotlarni oʼtkazish davom etmoqda.
Andijon Yoshlar Texnoparki tomonidan tashkil etilgan navbatdagi seminarda mutaxassislar Gulsevar Xoʼjamova va Xurshidbek Abdumuxtorovlar bepul va sifatli biznes taʼlimi «InnoX» biznes-inkubator va akselerator dasturida oʼqish uchun roʼyxatdan oʼtish, shaxsiy maʼlumotlarni kiritish, tanlovda ishtirok etish kabi maʼlumotlarni taqdimot asosida bayon etdilar.
Talabalarning «InnoX» oʼquv kurslari davomida tashkil etiladigan mashgʼulotlari afzalliklari haqidagi savollariga javob berildi,shuningdek, loyihalarini taqdim etish boʼyicha koʼrsatmalar berib oʼtildi.