
Bugun – 24.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetining bir guruh bitiruvchi talabalari bilan institut rektori D.A.Rustamov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Rektor Dilshodbek Abduvahidovich yaqindagina O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yoshlar bilan tarixiy uchrashuvi bo’lib o’tgani va unda aynan bitiruvchi-yoshlar uchun bir necha qulayliklar, imkoniyatlar haqida fikrlar yangraganini ta’kidlab o’tdi.
Bundan tashqari yoshlarga yaratilgan qulayliklar xususida ham aytib o’tdi. Talaba-yoshlar o’z savol va takliflari bilan mas’ullarga murojaat qilib, o’zlarini qoniqtirgan javoblarni oldilar.
Bunday uchrashuvlar jadval asosida barcha bitiruvchi-talabalar bilan tashkil qilinadi.