
O‘zbekistonda OITSga qarshi kurash aholi salomatligini saqlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo’lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) ushbu muammoni hal qilish yo’lidagi sa’y-harakatlar qilmoqda. Global yutuqlarga qaramay, OIV/OITS eng muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Bugun – 20.02.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida OITSga qarshi kurash borasida bir qator profilaktika ishlari, tadbirlar, targ’ibot ishlari tashkil qilindi. Ulardan biri «OITSsiz hayot» nomli davra suhbati bo’lib, unda talaba-yoshlar uchun foydali masalalar ko’tarildi.
Davra suhbatida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi shifokori epidemiolog I.O’ktamjonov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi M.Saliyeva, Roman-german va slavyan tillari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Botirov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirda ma’sullar tomonidan talabalarga kerakli ma’lumotlar va ogohlantirishlar berib o’tildi. Tadbir davomida qatnashuvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.