INSTITUTDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» DAVOM ETMOQDA

Bugun – 20.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Ulugʻnor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 2, 3, 4, 6, 7, 9, 13, 19, 22, 23, 24-umumta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.

Ularni institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari O.Vositov hamda Professor G’.M.Hoshimov nomidagi Ingliz tili amaliyoti kafedra mudiri M.Xoshimov boshchiligidagi professor-o’qituvchilar kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdi.

Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda o’tgan yili qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.

Leave a Reply

Skip to content