
Bugun rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tgan «ASIFL LEAGUE-2025» muntazam chempionatining ilk bahsi bo’lib o’tdi.
Ushbu bahsda «O’UB» (O’quv-uslubiy boshqarmasi) – «GUIDES» (Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi) jamoalari o’zaro bellashdilar.
O’UB – GUIDES 6:1
Gollar: Pozilov (2 ta), Toshtonov (2 ta), Turdaliyev (2 ta) – Muhammadjonov.
Uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi: B.Pozilov.
1-turning qolgan uchrashuvlari kelgusi hafta davomida o’tkaziladi.