«ASIFL LEAGUE-2025» CHEMPIONATIGA START BERILDI

Avval xabar berganimizdek, Andijon davlat chet tillari institutida umumiy sovrin jamg’armasi 30 million so’m bo’lgan katta futbol bayrami – «ASIFL LEAGUE-2025» chempionatiga asos solingan edi.

Bugun – 15.02.2025-yil kuni ushbu chempionatning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu marosimda chempionatda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tgan 16 ta jamoa a’zolari, tashkiliy qo’mita vakillari hamda hakamlar hay’ati ishtirok etdilar.

O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlanga tadbirda tashkiliy qo’mita vakillari tomonidan nutqlar so’zlanib, barcha jamoalarga omadlar tilandi. Hakamlar esa umumiy qoidalar bilan yana bir bor barchani tanishtirib o’tdi.

Leave a Reply

Skip to content