NOMLI DAVLAT STIPENDIYASI SOHIBALARI BILAN UCHRASHUV

Andijon davlat chet tillari instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi tomonidan nomli davlat stipendiyasi sohibalari Gulchiroy Odilova, Bibimuxlisa Gʼulomova va Lola Nazarovalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Suhbat avvalida Ingliz tili amaliyoti kafedrasi dotsenti A.Matkarimova talabalarga institutda «Ustoz-shogird» anʼanasiga koʼra ilmiy sohada erishilayotgan yutuqlar toʼgʼrisida soʼzlab berdi.

Shundan so’ng Gulchiroy Odilova Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining mazmun-mohiyati, Bibimuxlisa Gʼulomova Nizomda belgilangan talablar, Lola Nazarova ragʼbatlantiruvchi imtiyozlar toʼgʼrisida taqdimotlar asosida maʼlumot berdilar.

Ushbu uchrashuvga
“Turkiye Bursları”, “Stipendium Hungaricum” grantlari stipendianti
Amerika Universitetlaridan qabul,umumiy 1mln dollar miqdorida stipendiya olgan
American Corner Namangan volontyori, 16 yoshida EILTS 7.5, C1 daraja Tomer sohibasi Farangiz Shavkatovna tashrif buyurib, talabalarga xorijiy grantlarga erishish imkoniyatlari va yutuqlarga erishish yoʼllari haqida foydali maʼlumotlar taqdim etdi
Iqtidorli talabalar bilan tashkil etilgan muloqot barchada iliq taassurot qoldirdi.

Leave a Reply

Skip to content