
Kuni kecha Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida ma’naviy sog‘lom muhitni mustahkamlash, ichki tartib va ijro intizomini ta’minlash, ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Fakultet dekani M.Pazilov boshchiligidagi fakultet jamoasi ishtirok etgan ushbu Kengash yig‘ilishda rektor maslahatchisi M.Isroilov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor E.Kurbanov, Korrupsiyaga qarshi kurash «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Sh.Mamajonov, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i D.Bo‘tayev, O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i S.Toshtonovlar ishtirok etdilar.
Ushbu yig’ilishda fakultet xodimlarini ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi, ishga o’z vaqtida kelib ketishi mavzularida so’z olib borildi.