«MIRZO ULUG’BEK VORISLARI» RESPUBLIKA TANLOVI YUZASIDAN  TARGʼIBOT ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

Barchamizga maʼlumki,
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilingan.

Andijon davlat chet tillari instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi tomonidan ushbu tanlovda oʼz loyihalari bilan ishtirok etish maqsadida roʼyhatdan oʼtgan iqtidorli talabalar uchun seminar tashkil etildi.

Seminar davomida Mirzoulugʼbek vorislari-2024 Respublika tanlovining hududiy bosqichi gʼolibi Muattarxon Ismoilova talabalarga ushbu tanlovda ishtirok etish shartlari va natijalari xususida tushunchalar berib oʼtdi.

Roʼyhatdan oʼtgan talabalarga tanlovda ishtirok etish jarayonida loyihalari taqdimotini amalga oshirishda eʼtibor berilishi zarur boʼlgan jihatlar toʼgʼrisida bo’lim boshlig’i M.Baltabayeva maʼlumotlar berdi.

Leave a Reply

Skip to content