
Bugun 30.01.2025-yil kuni O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’RQ-219-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi” Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida Andijon davlat chet tillari institutida seminar tashkil qilindi.
Ushbu seminarda prorektorlar, boshqarma va bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar. Ularga institutning Korrupsiyaga qarshi kurash «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Sh.Mamajonov yuqoridagi masalalar yuzasidan ma’ruza qildi va tushunchalar berib o’tdi.