
Xabaringiz bor, yurtimizda har bir sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, bu orqali texnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni olib kirish masalasiga juda jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’lim sohasiga ham ushbu tizimni joriy etilishi ayni muddao.
Ushbu yo’nalishdagi faoliyatni yanada jonlantirish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan maqsadli hamkorliklarni amalga oshirib kelmoqda.
Ushbu tashkilotlardan biri «Научные публикации» xalqaro kompaniyasi bo’lib, kuni kecha institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov hamda kompaniyaning MDH davlatlari bo’yicha koordinatori D.S.Kovalenkolar boshchiligida onlayn yig’ilish tashkil qilindi.
Ushbu yig’ilish davomida qator masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi va yakunda institut olimlari ilmiy salohiyati va tadqiqot natijalaridan sohalar buyurtmalari asosida foydalanish hamda ularni rag’batlantirib borish masalalarida kelishuvga erishildi.