
Andijon davlat chet tillari instituti qator xorijiy nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini jadallik bilan olib bormoqda. Jumladan, Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlik ishlari ham ijobiy tarzda davom etmoqda.
Bugun – 22.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga ushbu elchixona tashabbusi bilan Fransiyaning “Hachette” nashriyotida chop etilgan, til bilish darajalarini egallashga yo’naltirilgan kitoblar investitsiya sifatida olib kelindi.
Mazkur kitoblar fransuz tiliga ixtisoslashgan yo‘nalishlar talabalari hamda “Fransuz tili va madaniyati markazi” til o’rganuvchilarining fransuz tilidan bilim va ko’nikmalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Ushbu kitoblarni Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov, dekan o’rinbosari B.Botirov hamda Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudirasi M.Ishanjanova boshchiligidagi professor-o’qituvchilar qabul qilib oldilar.
Umid qilamizki, institutimizning bilimga chanqoq, iqtidorli talaba-yoshlari ushbu kitoblardan oqilona foydalanadilar.