INVESTITSIYA JALB QILISH MASALASIGA BAG’ISHLANGAN YIG’ILISH BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 17-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida oliy ta’lim muassasalari tomonidan beg‘araz ko‘mak, grant va xalqaro hamkorlik mablag‘larini jalb etilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan edi.

Bugun – 18.01.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida ushbu masalalar ijrosini institutda ta’minlashga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda institut rektor maslahatchisi, prorektorlar va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar va 2025-yil davomida institut tomonidan beg‘araz ko‘mak, grant va xalqaro hamkorlik mablag‘larini jalb etilish rejalari keng muhokama qilindi.

Leave a Reply

Skip to content