INSTITUT REKTORI HUZURIDA YIG’ILISH BO’LIB O’TDI

2024-yil Andijon davlat chet tillari instituti uchun omadli o’tdi. Bu esa yil boshida ishlar rejasi to’g’ri tuzilgani va tizimli tarzda tashkil qilinganini anglatadi.

Bugun – 17.01.2025-yil kuni rektor D.A.Rustamov huzurida institutning barcha rahbar xodimlari uchun yig’ilish tashkil qilindi.

Yig’ilish davomida joriy yil davomida institutda tashkil qilinishi zarur bo’lgan ishlarga to’xtalib o’tib, O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.E.Kurbanov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.A.Kurbanovlarga yo’nalishlari yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berdi.

Har bir mas’ulga ishlar natijadorligi o’tgan yilgidan ham yuqori bo’lishi lozimligi, professor-o’qituvchilarning zamonaviy metodikalar asosida dars mashg’ulotlarini olib borishi, talaba-yoshlarning esa sifatli ta’lim olishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish kerakligi bo’yicha fikrlar almashildi.

Bundan tashqari yig’ilish davomida ixtiroga patent va yuqori impakt-faktorli jurnallarda chop etilgan maqolalar asosida dissertatsiya yozmasdan ilmiy darajani tasdiqlash amaliyotini keng joriy qilingani, uni qanday amalga oshirish mumkinligi bo’yicha asosiy tushunchalar ham berib o’tildi.

Leave a Reply

Skip to content