INSTITUT XODIMLARI UCHUN «YANGI YIL QUTISI» TARQATILDI

  

Yuqorida xabar berganimizdek, Andijon davlat chet tillari institutida bugun – 25.12.2024-yil kuni barcha xodimlarning xonadonlarida Yangi yil bayrami dasturxoni to’kin-sochin bo’lishi, bayramona kayfiyat hamroh bo’lishi maqsadida maxsus «Yangi yil qutisi» nomli 20dan ortiq turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi tayyorlandi.

Tushdan so’ng institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida barcha rahbar va ishchi xodimlar, professor-o’qituvchilar institut sport zaliga jamlandi.

Tadbirni rektor Dilshodbek Abduvahidovich ochib berdi va barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi – 2025-yil bilan tabriklab, ushbu xayrli ishlarni tashkillashdan yagona maqsad – har bir xodimda shukronalik kayfiyatini uyg’otish, shu institut, shu Vatan uchun yurakdan mehnat qilish ko’nikmasini yana-da shakllantirish ekanini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng yoshi ulug’ professorlarning duolari bilan bayram qutilari o’z egalariga topshirildi.

Leave a Reply

Skip to content