Bugun – 25.12.2024-yil kuni bo’lib o’tgan Andijon davlat chet tillari institutida 2024-yil yakuniga bag’ishlangan navbatdan tashqari kengaytirilgan Kengash yig’ilishi davomida yil davomida eng faol bo’lgan kafedra va bo’limlar, professor-o’qituvchilar munosib taqdirlandilar:
Biriktirilgan hududlarda targ’ibot ishlarini to’g’ri yo’lga qo’ya olganligi uchun Ingliz tilining nazariy aspektlari, Umumiy va qiyosiy tilshunoslik, Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedralari;
Institutda yil davomida o’quv jarayonlarini to’g’ri tashkil qilib, talaba-yoshlarga sifatli ta’lim berilishini ta’minlab kelayotgani uchun O’quv-uslubiy bo’lim;
Talabalar tomonidan xorijiy hamda mahalliy nashrlarda ilmiy maqolalar e’lonini rejadan ortiq bajargani, ko’plab talaba-yoshlarning viloyat va respublika miqyosidagi ko’rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlab kelayotgani uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi;
2024-yil davomida institut ilmiy salohiyatini 20 foizga oshirgani uchun Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogagik kadrlar tayyorlash boʻlimi institut ma’muriyati tomonidan «Kompyuter jamlanmasi» bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari yilning eng yaxshilarini aniqlovchi tadbir – «HONOUR-2024» tanlovida «Yilning eng yaxshi o’qituvchisi» nominatsiyasi g’olibi bo’lgan Ashurov Mo’minjon Umarjonovichga institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich tomonidan «Xorijga sayohat» yo’llanmasi taqdim etildi.