Andijon davlat chet tillari institutida ayni vaqtda o’nlab xorijlik professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ish va o’qish faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Bugun – 17.12.2024-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov ular bilan suhbat olib borish uchun uchrashdi.
Uchrashuv davomida xorijliklar uchun institutimizda yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, yuritilayotgan ilmiy hamda ijodiy izlanishlar haqida suhbat olib borilib, yakunda rektor Dilshodbek Abduvahidovich tomonidan yaqinlashib kelayotgan Yangi – 2025-yil bilan tabriklagan holda esdalik sovg’alari topshirildi.