PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TOMONIDAN OCHIQ DARS MASHG’ULOTLARI OLIB BORILMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlari ochiq, sifatli tarzda olib borilishi, talaba-yoshlarga yangi metodlar asosida ta’lim berilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Bugun – 16.12.2024-yil kuni Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o’qituvchisi Yuldasheva Shahrizoda tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

Ushbu ochiq dars Og’zaki nutq amaliyoti fanidan «Public speaking skills» mavzusida olib borildi. Dars davomida ko’plab interaktiv metodlardan foydalanilib, talabalarni mavzuni to’la o’zlashtirishlariga erishildi.

Leave a Reply

Skip to content