KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

O’zbekistonning suveren davlat sifatida mustahkamlanishida, fuqarolarning  huquq va erkinliklari kafolatlangan, adolat tamoyillariga asoslangan Konstitutsiya har birimiz uchun nurli kelajak sari yo’l ochuvchi mayoqdir.

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida  Konstitutsiyamizning  32 yilligi munosabati bilan »Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi » mavzusida tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedogogika va psixologiya kafedrasinining professor-o’qituvchilari M.Raupova va Sh.Najmiddinovalar tomonidan tashkil qilindi va bu tadbirda Tarjima nazariyasi va amaliyoti:nemis tili yo’nalishi 102- guruh talabalari qatnashishdi.

Tadbirda talabalar sahna ko’rinishlari va faol ishtiroklari bilan o’z iqtidorlari namoyon etdilar.

Leave a Reply

Skip to content