Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan Yangi Andijon massivida “Vatanparvar bogʻi” ochilgan edi. Bugun ushbu maskan talaba-yoshlar bilan gavjum. Sababi mazkur maydon hududi ajdodlarimizning jasorat va matonatidan faxrlanish, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, Vatan tinchligi uchun kurashganlar xotirasini muqaddas bilish tuyg‘usini mudom yodga soladi.
Majmua turli hududlarga bo‘lingan. Xususan, ochiq osmon ostidagi maydonda Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrga oid zirhli uskunalar, zenitli raketa va artilleriya qurollari mavjud. Harbiy texnika va qurol-yarog‘ hududida urush davri harbiy texnikalari va aviatsiya vositalari o‘rin olgan.
Joriy hafta davomida Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh tyutorlar o’zlariga biriktirilgan talabalar bilan ushbu «Vatanparvar bog’i»ga tashrif amalga oshirdilar. Tashrif davomida talabalar eksponatlar bilan tanishdilar hamda ularda vatanga muhabbat, uning rivojlanishiga hissa qo’shishga bo’lgan ehtiyoj ortdi.