Yurtimiz tinchligi, erkin va farovonligimiz timsoli bo’lgan bayrog’imiz, dunyo bo’ylab O’zbekiston nomini tanitishda davlatimiz ramzi, millatimiz g’ururi va iftixori sifatida namoyon bo’ladi.
Bugun yurtimiz bo’ylab bayrog’imiz qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Andijon viloyatida o’tkazilgan markaziy tadbir ham ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlangan tadbir harbiylar, keng jamoatchilik faollari va yoshlardan iborat vatanparvarlik paradi bilan davom etdi.
Ushbu tadbirlarda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning mehnat jamoasi va talaba-yoshlari ham ishtirok etdilar.