Andijon davlat chet tillari institutida 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbir davomida «Yil talabasi-2024» respublika tanlovining institut bosqichi g’olib hamda sovrindorlari institut rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
Jumladan, o’z nominatsiyasida faxrli 1-o’rinni egallaganligi uchun quyidagi talablarga 1-darajali diplom hamda stipendiyaning 8 barobari miqdorida – 4 136 000 so’mlik rag’batlantirishga ega bo’ldilar:
«Yilning eng faol targ’ibotchisi» nominatsiyasida: Radjabova Farizod;
«O’z mutaxassisligi bo’yicha eng bilimdon talaba» nominatsiyasida: Abduraxmonova Xulkaroy;
«Eng faol ijodkor talaba» nominatsiyasida Muxiddinova Marjona;
«Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi» nominatsiyasida: Muhammadaminova Soliha;
«Yilning eng faol tadbirkor talabasi» nominatsiyasida: Komilova Xuryona.