Bugun psixotrop moddalarning zararli ta’siri va ularga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – psixotrop moddalar iste’molining salbiy oqibatlarini yoshlar va keng jamoatchilikka yetkazish, ularning tarqalishining oldini olishda birgalikda harakat qilish ahamiyatini ta’kidlash edi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan psixotrop moddalarning inson salomatligi va ruhiy holatiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ularning noqonuniy savdosiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirildi.
Tadbir yakunida psixotrop moddalar toʻgʻrisida bir necha video rolik va jinoyat joyidan olingan suratlar taqdim etildi. Har bir fuqaro psixotrop moddalarga qarshi kurashda faol ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi. Ushbu tadbir psixotrop moddalarning zararini kamaytirish va yoshlar ongini bu illatdan himoya qilishda muhim qadam bo‘ldi.