Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov fakultet tasarrufidagi kafedralarda ish faoliyatini olib borayotgan professor-o‘qituvchilar bilan suhbat olib bordi.
Suhbat davomida dekan Kamoliddin Nasriddinovich tomonidan o‘quv jarayonlarini tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va talabalar turar joyi, ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan yaqindan ish olib borish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu masalalardagi ishlarni tizimli yo’lga qo’yish maqsadida «Ustoz-shogird» an’analari asosida ro‘yxatlar shakllantirildi. Ushbu tashabbus orqali talabalarning nafaqat akademik, balki ma’naviy va madaniy jihatdan rivojlanishiga erishish ko’zda tutilgan.