TALABA HAVFSIZLIGI – ASOSIY MAQSAD

  

Bugungi kunda butun dunyoda globallashuv jarayonining tezlashib borayotgani umumiy rivojlanishning shiddat olishi, insonlarning barcha zamonaviy texnika-texnologiya bilan tanishish imkonini berayotgani bilan ahamiyatli. Lekin yoshlar orasida ushbu globallashuv jarayoni davomida salbiy illatlarga berilayotgani, turli yot g’oyalar va qarashlarning ta’siriga tushib qolayotganlari ko’zga tashlanayotgani achinarli, albatta.

Bugun – 11.11.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida talabalar havfsiligini ta’minlash, ularni darsdan tashqari, ayniqsa, tungi vaqtlarni besamar o’tkazmasliklariga erishish maqsadida ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar va institut profilaktika inspektori o’rtasida suhbatlar bo’lib o’tdi.

Ushbu suhbatlar davomida institut profilaktika inspektori B.Xodjayev talaba-yoshlarning dasrdan tashqari vaqtdagi faoliyati bilan qiziqdi. Ularning qiziqishlari, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar xususidagi fikrlarini so’radi. Bundan tashqari institutda yangi Talabalar turar joyi qurilishi yakunlanib qolgani, agar ma’qul ko’rsa iajara xonadonlaridan yotoqxonaga ko’chish taklifi ham berildi.

Leave a Reply

Skip to content