Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 22-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida kecha – 4-noyabr kuni Andijon viloyatida “Yangi nafas” sport harakati doirasida “Talaba-yugur” loyihasi bo’yicha koʻngillilar yugurish sport musobaqasi bo’lib o’tdi.
Musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari qatorida Andijon davlat chet tillari institutining professor-o’qituvchilari hamda 150 nafarga yaqin ko’ngilli talaba-yoshlar ham faol ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun musobaqa g’oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1️⃣-o’rin uchun 5 000 000 so’m miqdorida,
2️⃣-o’rin uchun 3 000 000 so’m miqdorida,
3️⃣-o’rin uchun 2 000 000 so’m pul.