Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan har qanday iqtidor va iste’dodni, yo’nalish va tizimni o’z ichiga olgan 5 ta muhim tashabbus e’lon qilinganidan xabaringiz bor.
Andijon davlat chet tillari institutida esa viloyat Oliy ta’lim muassasalari ichida yagona bo’lgan «Besh muhim tashabbus markazi» ish faoliyatini olib boradi.
Bugun – 04.11.2024-yil kuni ishbu markaz faollari ishtirokida talabalar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga bag’ishlangan loyihalar taqdimoti tashkil qilindi.
Markaz rahbari A.Yunusov hamda institut amaliyotchi-psixologi M.Yusupovalar ishtirokida o’tkazilgan taqdimot namoyishida talabalar 3 ta katta mavzuda amalga oahirishlari lozim bo’lgan loyihlari bilan tanishtirdilar.
Yakunda mutaxassislar ushbu loyihalarni amaliyotga joriy etish oldidan so’nggi ko’rsatmalar va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha xulosalar berdilar.