Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-fevraldagi “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 18-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida sentyabr-oktyabr oylarida Andijon davlat chet tillari instituti talaba-yoshlari o‘rtasida «Besh tashabbus olimpiadasi»ning birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy haftaning 20.09.2024-yil kunida Andijon davlat chet tillari instituti sport zalida «Besh tashabbus olimpiadasi»ning 2024-yilgi mavsumi institut bosqichining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirni institut rektori D.A.Rustamov ochib berdi va sport musobaqalari o’tkazishdan ko’zlangan maqsad haqida fikrlar bildirdi.
Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan sport musobaqalariga start berildi.
Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
yengil atletika;
stol tennis;
stritbol;
mini futbol;
volleybol.