Xabaringiz bor, joriy hafta davomida Qozog’iston Respublikasida «Markaziy Osiyo va Germaniya sammiti» bo’lib o’tdi hamda unda Germaniya bilan barcha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etdilar. Tomonlar turli tadbirlarda ishtirok etib, o’zaro hamkorlik munozalarini olib bordilar.
Kuni kecha Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida ushbu sammit va unda ko’tarilgan masalalarga bag’ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningni institut rektori D.A.Rustamov ochib berdi va bugungi kunda Germaniya davlati bilan o’zaro hamkorlikning siyosiy jihatlariga to’xtalib o’tdi.
Shundan so’ng, boshqa ma’ruzachilarga ham birin-ketin navbat berildi va ular ham o’z ma’ruzalarida Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston bilan Germaniya o’rtasidagi do’stlik, iqtisodiy va siyosiy hamkorliklarga batafsil to’xtalib o’tdilar.