FAKULTET DEKANI TALABALAR BILAN UCHRASHDI

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida 1-bosqich talabalari safiga qabul qilinganlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani A.Ataboyev talaba-yoshlar bilan suhbat olib bordi. Fakultet dekani o’z so’zida talabalarni dars mashg’ulotlarining qay tartibda olib borilishi, darslarga o’z vaqtida va doimiy ishtirok etishlari yuzasidan mas’uliyatlari bilan tanishtirib o’tdi.

Shundan so’ng talaba-yoshlar ham o’z fikrlari, takliflari bilan murojaat qildilar. Uchrashuv yakunida esa fakultet dekanining ko’ngillilar (volontyorlar) jamoasi tuzildi.

Leave a Reply

Skip to content