Inson tani uchun sihat-salomatlik qanchalik zarur bo‘lsa, qalb uchun ezgulik ham shunchalik muhim: ezguliging bo‘lsa, u har ishda muvaffaqiyat keltirsa, sen qanday qilib muvaffaqiyatga erishayotganingni sezmaysan ham.
©️Lev Tolstoy.
Andijon viloyatida «Muruvvat uyi» mavjud bo’lib, bugungi kunda bu yerda 90 nafar otaxon va onaxonlar istiqomat qilmoqdalar.
Farzandlaridan mehr, parvarish ko’rmagan ushbu mushtipar insonlarga hukumat tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, ularning ovqatlanishi, dam olishi, salomatligini nazorat qilish uchun o’nlab xodimlar mehnat qilmoqdalar.
Bugun – 13.09.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh xodimlari va talaba-yoshlari ham ushbu manzilda bo’dilar va u yerdagi keksalar xolidan xabar oldilar.
O’zaro uchrashuv davomida institut vakillari tomonidan dildan suhbat olib borilib, mehr-muhabbatga tashna dillarga oz bo’lsa ham xursandchilik ulashildi.
Suhbat yakunida esa nuroniylar institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar, talabalar, ayniqsa, ushbu xayr-exson tadbiriga xissa qo’shganlar haqiga duolar qildilar.