TALABALAR BILAN VATANPARVARLIK RUHIDAGI DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida «Bu muqaddas Vatan barchamizniki!» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Talabalar bilan uchrashuvda fakultet dekanining Yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari B.Botirov, Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Teshaboyev boshchiligidagi professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Bundan tashqari Andijon viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi harbiy xizmatchisi T.Ergashev, harbiy sport klubi a’zosi H.Turg’unboyevlar mehmon sifatida taklif etildi.

Mas’ullar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikrlar bildirar ekan, bundan unumli foydalangan holda kelajakda o’z mehnati va sadoqati bilan Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo’shish kerakligi ta’kidladilar.

Leave a Reply

Skip to content