1-KURS TALABALARIGA INSTITUTDA O’TKAZILADIGAN LOYIHALAR TAQDIMOTI NAMOYISH ETILDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida talabalar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni ijodiy, shaxsiy rivojlanishlariga ko’maklashish maqsadida institut Yoshlar ittifoqi BT hamda Matbuot xizmati tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

2024-2025-o’quv yilida ham yangidan-yangi loyihalar bilan talabalar e’tiborini jalb qilish istagidagi jamoa bugun – 10.09.2024-yil kuni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalarining 120 nafari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida talabalarga mas’ullar va lider talabalar tomonidan intellektual, kitobxonlik, mediya, volontyorlik kabi yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zlangan loyihalar haqida ma’lumotlar berilib, taqdimot hamda vidoroliklar namoyish etildi.

Leave a Reply

Skip to content