FAOL TALABAMIZ XALQARO VOLOTYORLAR FORUMIDA ISHTIROK ETDI

 

2024-yil – “MDH davlatlarida Volontyorlar harakati yili” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan joriy yilning 31-iyul – 4-avgust kunlari Qirg‘iziston Respublikasida MDH davlatlari ishtirokida Xalqaro volontyorlar forumi o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli tadbirda mamlakatimizning eng faol yoshlari, yoshlar yetakchilari va nodavlat notijorat tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, mamlakatimizda volontyorlik sohasida qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, imkoniyatlar va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar yuzasidan taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan volontyorlik yo‘nalishi xalqaro ekspertlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Biz uchun quvonarlisi shundaki, O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida vakilamiz – Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabasi Malika Xolmamatova ham faol ishtirok etib qaytdi.

Endi biz Malikaga forum doirasida olgan bilimlari bilan institutimiz va tengdoshlari rivoji yo’lida mehnat qilishda kuch-quvvat tilab qolamiz.

Leave a Reply

Skip to content