Bugun – 03.07.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida doktorant va stajor-tadqiqotchilarning joriy yilning yarim yilligi bo’yicha 6 oylik monitoringi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.Kurbanov va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i B.Sotvoldiyev hamda ishchi guruh doktorant va stajor-tadqiqotchilarning 6 oylik faoliyatini sarhisob qildilar.
Monitoring yakunida esa aniqlangan kamchiliklar bo’yicha doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbarlari kamchiliklarni bartaraf etish hamda o’z vaqtida himoyaga chiqish to’g’risida qat’iy ogohlantirildi.