ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIGA VAZIR TASHAKKURNOMASI E’LON QILINDI

 

Andijon davlat chet tillari institutining navbatdagi Kengash yig’ilishi hushxabar bilan boshlandi: unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan talaba-yoshlar o’rtasida sportni keng targ’ibotini amalga oshirish, xususan, «Talabalar ligasi» o’yinlarini ko’tarinki ruhda tashkil qilish va o’tkazishda jonbozlik ko’rsatgani uchun Andijon davlat chet tillari institutiga e’lon qilingan Tashakkurnoma Kengash a’zolari oldida institut rektori D.A.Rustamovga tantanali ravishda topshirildi.

Shu o’rinda institut ma’muriyati ushbu yo’nalishda mehnat qilib, talabalar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga qiziqtirishga hissa qo’shgan barcha xodimlar, professor-o’qituvchilarga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Leave a Reply

Skip to content