Joriy yilning 3-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo’yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Ushbu yig’ilish davomida prezident tomonidan yurtimizning har bir hududida turizmni rivojlantirish zarurligi, bunda har bir fuqaro o’z hissasini qo’shishi lozimligiga to’xtalib o’tdi.
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishida talaba-yoshlar tahsil oladilar.
Bugun – 05.06.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida ayni shu yo’nalishda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida Dilshodbek Abduvahidovich Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan turizm sohasidagi fikr-mulohazalarni sharhlab, bunda bo’lajak gidlarning roli haqida tushuncha berib o’tdi.
Rektor turistlar tashrifini oshirish, ularga sifatli xizmat ko’rsatishga qaratilgan har qanday startap loyihalarni qo’llab-quvvatlashga institut imkoniyati borligini aytib, talabalarni shu yo’nalishda izlanishga chorladi.